Pavel Durov garov evaziga ozod qilindi (video)
Olam
−
29 avgust
9009Telegram asoschisi Pavel Durov kecha, 28 avgust kuni Parijda hibsdan 5 million yevro garov evaziga ozod qilindi. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berib turishi sharti qo‘yildi. Bu haqda Parij prokuraturasi press-relizida ma’lum qilindi.
Parij prokuraturasi bayonotida aytilishicha, 39 yoshli Durov bir nechta jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, tergov qilinmoqda. Ular orasida noqonuniy faoliyat olib boriladigan platformani boshqarish, rasmiylar tomonidan so‘ralganda ma’lumot berishdan bosh tortish, pul yuvishda ishtirok etish, bolalar jinsiy jinoyatlari, giyohvand moddalar savdosi va firibgarlik kiradi.
Prokuraturaning ta’kidlashicha, tergov Fransiya rasmiylari Telegram sud so‘rovlariga amalda javob bermayotganini payqaganidan keyin boshlangan, bunga Yevropaning boshqa davlatlari, masalan, Belgiya vakillari ham ishora qilgan.
Parij prokuraturasi ko‘rsatmasi bilan 2024 yil fevralida dastlabki tergov boshlangan, sud tergovi esa 8 iyulda boshlangan.
Ma’lumot uchun, Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. Shu bilan birga, uning akasi, Telegram asoschisi Nikolay Durovni hibsga olish uchun order berildi. Hibsga olish uchun orderlar “voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini egallash, tarqatish yoki ulardan foydalanishni taklif qilishda ishtirok etganlik” uchun chiqarilgan.
LiveBarchasi