Patrul avtomobillariga yangi fotoradarlar o‘rnatildi

Jamiyat

image

2018 yilning 12 oyi Toshkent viloyati hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari tizimli ravishda kompleks tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, qariyb 50 foiz yo‘l-transport hodisalarini kelib chiqishiga tezlik asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi viloyat hududida tezlik oqibatida yo‘l-transport hodisalari salmog‘ini kamaytirish maqsadida patrul avtomobillarga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari o‘rnatmoqda.

Ushbu patrul avtomobillarga o‘rnatilgan fotoradarlar real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarlikni qayd etadi. Simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni “O‘zbekiston pochtasi”ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsga pochta orqali xabar beradi.

Hozirda ushbu fotoradarlar test rejimida ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati fotoradar

Baholaganlar

122

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing