Pashinyaning iste’fosiga qarshi bo‘lgan armiya generaliga ayblov e’lon qilindi
Olam
−
06 mart 2021
4505Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha direksiya boshlig‘i general-leytenant Andranik Makaryanga ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Armaniston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Makaryan Tergov qo‘mitasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoiy ishda ayblanuvchi sifatida saqlanmoqda, u 2020 yil kuzida Qorabog‘da o‘tkazilgan urush masalasi bilan bog‘liq.
Bosh prokuratura boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan, faqat ish materiallarida davlat sirlari borligini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, Makaryan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi rahbariyatining bayonotiga qo‘shilmagan to‘rtta yuqori martabali harbiy xizmatchilardan biridir.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Bosh shtab Hukumat va Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgandi. Bu Bosh shtab boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanning ishdan bo‘shatilishiga harbiylarning javobi edi.
LiveBarchasi