Pashinyan Putinga Armanistonda yangi AES qurishni taklif qildi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada muzokaralar fonida Respublikada yangi atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

“Umid qilamanki, bugun biz strategik investitsiyalar bilan bog‘liq ba’zi masalalarni muhokama qilamiz. Bundan tashqari, Armaniston Respublikasida yangi atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlarini muhokama qilmoqchiman”, deydi Pashinyan.

Ma’lumot uchun, Armanistondagi yana bir atom elektr stansiyasi 1969 yildan 1977 yilgacha Metsamor shahri yaqinidagi Armaniston SSR hududida qurilgan. Stansiya VVER-440 reaktorlari bo‘lgan ikkita energiya blokidan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 7 aprel kuni Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing