Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor ekanini aytdi
Olam
−
10 Sentabr
2260Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasining kelishilgan matnini imkon qadar tezroq imzolashga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda u Yerevan dialoglari xalqaro forumining ochilishida ma’lum qildi.
“Tinchlik va munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha kelishilgan matnni imkon qadar tezroq imzolashga tayyorligimizni tasdiqlamoqchiman. Biz allaqachon kelishilgan narsalarni olishni, imzolashni, ta’sis hujjatiga ega bo‘lishni va keyin qolgan masalalarni muhokama qilishni taklif qilamiz”, deydi Pashinyan.
Shuningdek, u ayni damda tinchlik shartnomasining 16 bandidan 13 tasi to‘liq kelishilganini qo‘shimcha qildi.
Pashinyanning qo‘shimcha qilishicha, uch band qisman kelishib olingan bo‘lib, ular uchta taklifni o‘z ichiga oladi, ulardan biri allaqachon kelishilgan, ikkinchisi esa kelishilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pashinyan muzokaralarni davom ettirish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki davlat chegarasida uchrashishga tayyor ekanini aytgandi.
LiveBarchasi