Pashinyan Ozarbayjon bilan chegarada vaziyat keskinlashayotganini aytdi
Olam
−
17 may 2021
6509Armaniston-Ozarbayjon chegarasida keskinlikning kuchayishi tendensiyasi kuzatilmoqda, chegaraning ayrim uchastkalarida Ozarbayjon Qurolli kuchlari o‘zini tajovuzkor tutmoqda. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishidan so‘ng o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozdi.
“Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishidan so‘ng, Armaniston-Ozarbayjon chegarasining ayrim qismlarida Ozarbayjon kuchlarining keskinligi va tajovuzkorligi tendensiyasi kuzatilmoqda. Armaniston ichki xavfsizlik choralaridan tashqari, KXSHT shartnomasi va Armaniston-Rossiya strategik tizimiga muvofiq, protseduralarni faollashtirmoqda”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan harbiy yordam so‘ragandi.
Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron o‘zining Facebook’dagi sahifasida Ozarbayjon qo‘shinlarini Armaniston hududidan olib chiqish zarurligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi