Pashinyan Aliyev bilan chegarada uchrashmoqchi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan muzokaralarni davom ettirish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki davlat chegarasida uchrashishga tayyor. Bu haqda u bugun, 31 avgust kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Armaniston Londondagi muzokaralardan bosh tortdi, degan taassurot yaratishga harakat qilindi. Biz rad qilmadik. Armaniston uchrashuvni ikki tomonlama formatda o‘tkazishni taklif qildi, chunki bu formatda ishlash bo‘yicha kelishuv mavjud edi. O‘ylaymanki, biz shu yo‘lni davom ettirishimiz kerak, chunki bu natija beradi. Sammitni o‘tkazish uchun vaqt yetib kelganida, uni Armaniston-Ozarbayjon chegarasida tashkil qilish mumkin", dedi Pashinyan.

Armaniston Bosh vaziri Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti chog‘ida Yerevan Baku bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni afzal ko‘rishini aytdi.

“Hozirgi bosqichda biz ikki tomonlama formatda ishlayapmiz, bizningcha, bu formatda davom etishimiz to‘g‘ri va bu haqda Rossiya Prezidentiga so‘nggi suhbatimizda ochiq aytdim. Boshqa format bo‘lishini istisno qilmayman. Har bir muayyan kontekstdagi har bir masala alohida ko‘rib chiqilishi kerak", deydi u.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ijobiy natijalar bermoqda. 

"Ozarbayjon bilan ikki tomonlama hamkorlik uzoq vaqtdan beri davom etayotganini va bu ijobiy natijalar berayotganini ta’kidlashimiz kerak, siz ham e’tibor bergansiz. Bu o‘tgan dekabrdagi qo‘shma bayonotlardan boshlanib, 2024 yil 19 apreldagi bayonot bilan davom etadi. Kuni kecha delimitatsiya komissiyasi faoliyati to‘g‘risidagi nizom imzolandi. Ikki tomonlama format o‘z natijasini berar ekan, biz uni davom ettiramiz", dedi Pashinyan.

Qayd etish joizki, avvalroq Ozarbayjon hukumati arman tomoni Buyuk Britaniyaning Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining iyul oyida Londonda bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida uchrashuv o‘tkazish taklifini rad etganini ma’lum qilgandi. Bunga javoban Armaniston TIV, aksincha, arman tomoni Pashinyan va Aliyev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishni taklif qilganini, biroq Ozarbayjon tomoni bu taklifni rad etganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made