Parvozlarni taqiqlash “omikron” tarqalishini to‘xtatmaydi – JSST 

Olam

image

Parvozlarni taqiqlash yangi COVID-19 shtammi – "omikron"ning tarqalishini to‘xtata olmaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha bosh direktori yordamchisi Juad Majur ta’kidlagan.  

“Parvozlarni taqiqlash yangi COVID-19 shtammi tarqalishini to‘xtata olmaydi”, degan Majur brifingda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli, JSST yangi shtamm aniqlangani haqida xabar bergan mamlakatlarni “jazolash” o‘rniga, mavjud ma’lumotlarga asoslanib, og‘irlashtirilgan cheklov choralarini joriy etishga chaqirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, JSST favqulodda yig‘ilishdan so‘ng Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi variantini tashvishga soladigan deb tasniflashga qaror qilgan edi. Yangi shtamm — B.1.1.529 JSST tomonidan yunoncha “omikron” harfi bilan nomlandi.

Yangi shtamm nafaqat Afrikaning janubida, balki Belgiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Kanada, Niderlandiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, AQSH, BAA va boshqa mamlakatlarda ham aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar O‘zbekiston yangi shtamm tufayli Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus omikron

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing