Partiya raislari Spiker o‘rinbosarlari bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi ilk majlisi davom etmoqda. 

Majlis avvalida Qonunchilik palatasi Spikeri va spikerning birinchi o‘rinbosari saylangani haqida xabar bergan edik. 

Majlisda shuningdek, spikerning yana to‘rt nafar o‘rinbosarlari ham saylandi. 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi raisi Aktam Xaitov nomzodi – 149 nafar deputat ovoz berdi. 

“Milliy tiklanish demokratik” partiyasi raisi Alisher Qodirov – 145 kishi yoqlab ovoz berdi. 3 kishi norozi, 2 kishi betaraf. 

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi raisi Narimon Umarov – 146 nafar deputat yoqlab ovoz berdi. 1 kishi norozi, 2 kishi betaraf. 

“Xalq” demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov – 137 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi. 7 kishi norozi, 5 kishi betaraf.

“Ekologik” partiya raisi Boriy Alixonov – 139 kishi yoqlab ovoz berdi. 4 kishi norozi, 6 kishi betaraf. 
 
To‘rt partiya raislari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari sifatida ro‘yxatga olindi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing