Parlamentga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda
Jamiyat
−
25 sentabr 2023 10497 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda. Bunday o‘zgarish “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.
Mazkur qonun loyihasi hozirda parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan.
Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o‘tkaziladi. Senatning yangi tarkibi esa 1 oy mobaynida shakllantiriladi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust