Parlamentda yo‘q bo‘lgan demokratiya jamiyatda bor bo‘lmaydi - Latipov

Jamiyat

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sobiq deputati Obidjon Latipov Rasul Kusherboyevning parlamentdan ketish sababiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu borada u QALAMPIR.UZ’ga intervyu berdi.

“Bir narsani esdan chiqarishimiz kerak emas – deputatga so‘z erkinligi, fikr bildirish erkinligi berilmasa, bu juda hunuk manzara. Chunki parlamentda yo‘q bo‘lgan demokratiya jamiyatda aslo bor bo‘lmaydi”, deydi Latipov.

Shuningdek, u buning yomon oqibatlaridan ogohlantirdi.

“Bu ertangi kunda demokratik jamiyat qurmoqchi bo‘lgan holatimizda juda hunuk manzara va yaxshigina signal”, deydi sobiq deputat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kusherboyevning deputatlik vakolati rasman tugatilgani, Markaziy saylov komissiyasi bir ovozdan uning ketishini qo‘llab-quvvatlagani, undan, hatto, buning sababini so‘rashmagani haqida ma’lum qilgan edik. 

Obidjon Latipov bilan videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing