Parlament ikki vazir va xavfsizlik xizmati rahbarining iste’fosini yo‘qqa chiqardi

Olam

image

Bugun, 6 iyun kuni Ukraina Oliy Radasi mamlakat tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin, mudofaa vaziri Stepan Poltorak va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakning iste’fosini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda "Strana.ua" xabar berdi.

So‘nggi 5 yildan beri TIVga rahbarlik qilib kelayotgan Klimkin yangi Prezident saylangach, iste’foga chiqib, parlament saylovlarida ishtirok etmoqchiligini e’lon qildi. Oliy Radaga 21 iyul kuni muddatidan avval saylovlar o‘tkaziladi.

Mudofaa vaziri Poltorak 20 may kuni Vladimir Zelenskiy vazifasini bajarishga kirishganda iste’fo bergandi. U vazirlikka 2014 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi. Ukrainada mudofaa vaziri hukumatning boshqa a’zolaridan farqli ravishda Rada tomonidan emas, balki Prezident tavsiyasi bilan tayinlanadi.

2015 yil iyulidan beri UXX rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Vasiliy Gritsak ham 20 may kuni iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. Amaldagi qonunchilikka binoan UXX rahbarligiga nomzodni tavsiya qilish Prezident vakolatiga kiradi. Ammo Vladimir Zelenskiy bu lavozimga o‘z nomzodini ko‘rsatganicha yo‘q.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Ukrainada sobiq prezident Pyotr Poroshenko davrida lavozimga tayinlangan amaldorlar Vladimir Zelenskiy bilan ishlashni xohlamayapti. Biroq Zelenskiy ularni o‘z vazifasini bajarishda davom etishini istayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Oliy Rada

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing