Parkentda daraxtlarning noqonuniy kesilishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
23 dekabr 2022
4434Avvalroq Toshkent viloyatida 57 tup ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar bergandik. Daraxtlarning noqonuniy kesilishi ortidan obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Jarayonda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgani oqibatida ruxsat berilgan daraxtlardan tashqari 7 tup daraxt ham kesilgan. Qayd etilishicha, o‘simlik dunyosiga 587 503 185 so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tuman obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi