Parijda pensiya yoshini oshirilishiga qarshi namoyishlar avj oldi
Olam
−
08 fevral 2023
3218Fransiyaning Parij shahrida pensiya yoshini oshirilishiga qarshi namoyishlar tobora avjiga chiqmoqda. Kecha, 7 fevral kuni shahardagi Seni-Deni xiyobonida bir guruh yoshlar do‘kon va qahvaxona oynalarini sindirib tashladi, axlat qutilariga o‘t qo‘ydi. Vaziyatni bartaraf etish uchun yetib kelgan politsiyachilar guruhiga tartibbuzarlar tomonidan qarshiliklar ham ko‘rsatilgan. Bu haqda TACC voqea joyida bo‘lgan muxbiriga tayanib xabar berdi.
Bir guruh yoshlar militsiya xodimlariga shisha, tosh va petardalar otishni boshlagan. Bunga javoban huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz purkagan. Politsiya radikal namoyishchilarni maydondan qo‘shni ko‘chaga itarib yubora boshladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi hibsga olingan.
“Umumiy mehnat konfederatsiyasi” kasaba uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Parijdagi namoyishda 400 mingdan ortiq kishi qatnashmoqda. Namoyish Gavr, Lion, Marsel, Tuluza va Fransiyaning boshqa yirik shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kasaba uyushmasi uchinchi milliy norozilik kunidagi namoyishlarda jami 2 millionga yaqin odam ishtirok etganini aytib o‘tdi.
Eslati o‘tamiz, Fransiyada pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga oshirish to‘g‘risidagi qonun parlament muhokamasiga qo‘yilgan. Shundan so‘ng kasaba uyushmalari ish tashlashning uchinchi to‘lqinini uyushtirishni boshlagan. Temir yo‘l xizmatlari bekor qilingan, maktablar to‘xtatilgan va kasaba uyushmalari jamoatchilikni yana ko‘chaga chiqishga chaqirgan.
Buning natijasida Fransiyada ko‘plab maxsus pensiya rejimlari bekor qilinishi mumkin. Ayni vaqtda qonun loyihasi Fransiya Milliy assambleyasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
LiveBarchasi