Parijda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli cheklovlar kuchaytirildi 

Olam

image

Parij Hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida shaharda cheklovlarni kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 5 oktyabr kuni Fransiya poytaxtining politsiya prefekti Dide Lallemen ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 6 oktyabrdan poytaxtdagi barcha barlar yopiladi. Restoranlar esa yangi sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyatini davom ettiradi. Sport klublari yopiladi, suzish havzalari faqatgina maktab o‘quvchilari uchun ishlaydi. 

Yangiliklarga ko‘ra, endi ko‘chada 10 dan ortiq odamning yig‘ilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Supermarketlarda esa har 4 kv.m maydonda bitta mijoz bo‘lishiga amal qilinadi. Muzeylar, kinoteatrlar va teatrlar belgilangan sanitariya me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyatini davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, kecha 4 oktyabr kuni Fransiyada 12,5 mingdan ortiq odam koronavirus infeksiyasiga chalingan.
Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 600 mingdan ortiq kasallik yuqtirish holati aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Fransiya Sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran Parij qat’iy karantin rejimiga o‘tishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 35 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing