Parij yana talato‘plar ichida qoldi (video)
Olam
−
11 mart 2023
11175Bugun, 11 mart kuni Parijda pensiya islohotidan norozilar yana namoyishga chiqdi. Ularni tarqatish uchun yuborilgan politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi.
Politsiya bilan keng ko‘lamli to‘qnashuvlar Parijning 12-okrugidagi Ledru-Rollin va Domenil xiyobonlarida atrofidagi “Place de la Nation” maydonida bo‘lgan. Bezorilar politsiyaga tosh va shisha idishlar uloqtirgan. Bunga javoban huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz sepib, namoyishchilarni hibsga ola boshlagan.
Shuningdek, agressiv namoyishchilar to‘planib, axlat qutilariga o‘t qo‘ygan. To‘polon sodir bo‘lgan joyga o‘t o‘chiruvchilar kelgan.
Ma’lumot uchun, 9 martga o‘tar kechasi pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasining qoidalarini ko‘rib chiqayotgan Fransiya Senati 2030 yilga borib pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga oshirish bo‘yicha tuzatishni ma’qullagan. Shuningdek, senatorlar 20 yoshida ish boshlagan va kamida 43 yillik ish stajiga ega bo‘lganlar 63 yoshida pensiyaga chiqishini qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur islohot ortidan nafaqat Parij, balki butun Fransiyada bir necha bor norozilik namoyishlari avj olgandi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa mamlakatda pensiya yoshini oshirish zaruratini umr ko‘rish davomiyligi va pensionerlar soni oshishi bilan izohlagandi.
LiveBarchasi