Parij tinchlik forumi: OAVni qo‘llash uchun xalqaro fond tashkil etiladi 

Olam

image

To‘rtinchi Parij tinchlik forumi ishtirokchilari ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro jamg‘arma tuzishga qaror qilishdi. Bu haqda bugun, 13 noyabr kuni e’lon qilingan to‘rtinchi Parij tinchlik forumining yakuniy bayonotida so‘z boradi.

Hisobotda qayd etilishicha, yangi xalqaro jamg‘arma “jamoat manfaatlariga mos bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, barqarorligi va mustaqilligini ta’minlash maqsadida” tashkil etilgan.

“Mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratiyaning zarur elementi bo‘lib, noto‘g‘ri axborotga qarshi turishga yordam beradi, shuningdek, erkin va adolatli saylovlar o‘tkazilishiga hissa qo‘shadi”, deya ta’kidlaydi forum ishtirokchilari.

Ma’lumot uchun, Parij tinchlik forumi har yili Birinchi jahon urushi tugagani munosabati bilan o‘tkaziladi. Forumda davlat rahbarlari, turli xalqaro tashkilotlar, fond va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda. Bunday tadbirni Parijda o‘tkazish g‘oyasini Fransiya davlati rahbari Emmanuel Makron ilgari surgan. 2018 yilda bo‘lib o‘tgan birinchi forumda Fransiya rahbari bilan birga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Germaniya federal kansleri Angela Merkel, shuningdek, boshqa ko‘plab mamlakatlar hukumat delegatsiyalari ishtirok etishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing