Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi

Sport

image

Tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij mezbonlik qiladigan to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi uchun qaydnomasi e’lon qilindi. 

Reglamentga ko‘ra, turnir uchun yakuniy qaydnomadan 18 futbolchi o‘rin olgan. Yana 4 nafar futbolchi 18 nafar o‘yinchidan kimdir jarohat olsa, tarkibga qo‘shiladi. 

Barcha futbolchilar 1-raqamdan 18-raqamgacha tartiblanadi. Qo‘shimcha 4 nafar futbolchiga ehtiyoj paydo bo‘lsa, ular 19-22 raqami tushirilgan liboslarda to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, “C” guruhidan joy olgan Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Ispaniya, Dominikan va Misr termalariga qarshi bahs olib boradi. “Oq bo‘rilar” dastlabki yurishini 24 iyul kuni “qizil furiya”ga qarshi bahs bilan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing