Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya o‘yiniga hakam tayinlandi
Sport
−
22 iyul
18486Joriy yilning 24 iyul kunida Parij Olimpiadasining futbol bahslarida Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi o‘z yurishini boshlaydi. “C” guruhining dastlabki turida “oq bo‘rilar” Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvini mavritaniyalik Beyda Dahan boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda angolalik Santos Jerson va keniyalik Yeimbe Stefan yordam beradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Bahsga Parij shahridagi stadion mezbonlik qiladi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasi e’lon qilingandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr