Parij-2024: O‘zbekiston Dominikan bilan durang natija qayd etdi
Sport
−
30 iyul 2024 7624 1 daqiqa
Bugun, 30 iyul kuni Parij Olimpiadasida ishtirok etayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi turnirdagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. Oxirgi turda Temur Kapadze shogirdlariga Dominakan vakillari raqiblik qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida raqib jamoa a’zosi Nunes penalti evaziga hisobni ochdi. 58-daqiqada Eldor Shomurodov uzatmasini Alisher Odilov golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi. Shu bilan gollar nisbatida o‘zgarish yuzaga kelmadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilishga otlangan Olimpiya jamoasi musobaqaning 1-turida Ispaniyaga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi bahsda Misrga qarshi kechadigan o‘yinda ochko olishni umid qilgan Temur Kapadze shogirdlari Nant shahridagi “Bojuar” stadionida 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dominakanga qarshi O‘zbekiston Olimpiadadagi oxirgi o‘yinini o‘tkazishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi