Parij–2024: Ispaniya futbol bo‘yicha Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasidan o‘rin olgan final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Futbol o‘yinlarining yakuniy uchrashuvi mezbon Fransiya hamda Ispaniya o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvda fransuzlar hisobni ochgan, so‘ng ispanlar uchta gol bilan javob bergan bo‘lsa-da, mezbonlar o‘yinning asosiy vaqtida hisobni tenglashtirdi – 3:3. Mateta 90+3-daqiqada penaltidan gol urdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Kamelo dubl qayd etib, Ispaniyaga chempionlikni keltirdi. Shu tariqa, ispanlar ketma-ket ikki bor turnir finalida o‘ynab, ikkinchisida oltin medalga ega chiqdi. Ular musobaqani O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlashgandi.

Gollar: 1:0 – 11 Miyo, 1:1 – 18 Lopes, 1:2 – 25 Lopes, 1:3 – 28 Aleks Baena, 2:3 – 79 Akliush, 3:3 – 90+3, penalti Mateta, 3:4 – 100 Kamelo, 3:5 – 118 Kamelo.

Shu tariqa Ispaniya Parij Olimpiadasining futbol musobaqasida chempionga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar