Parij-2024: Bugun O‘zbekiston Misr bilan kuch sinashadi

Sport

image

Bugun, 27 iyul kuni Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslarida 2-tur uchrashuvlari boshlanadi. “C” guruhida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misrga qarshi bahs olib boradi.

Musobaqaning 1-turida Temur Kapadze shogirdlari Ispaniyaga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobidagi imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Misr vakillari Dominikan bilan durangga imzo chekkandi. Bugungi uchrashuvda har ikki jamoaga 3 ochko suv va havodek zarur.

Guruhning ikkinchi o‘yinida peshqadam Ispaniya Dominikanga qarshi maydonga tushadi. G‘alaba ispanlarni muddatidan avval pley-offga olib chiqadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Misr uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Uchrashuvga Nant shahridagi “Bojuar” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Misr Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made