Paraosiyo o‘yinlarining 1-kunida ikki o‘zbekistonlik sportchi chempion bo‘ldi
Sport
−
03 dekabr 2021
3811Bugun, 3 dekabr kuni Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar o‘z ishtirokini boshladi.
Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston vakillari 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Jumladan, para yengil atletikaning qizlar o‘rtasidagi “F 41” klassida yadro uloqtirish turi bo‘yicha Kubaro Hakimova 8.38 metr ko‘rsatkich bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Xuddi shu yo‘nalishda Nigina Husanova 7.39 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, para suzish bahlaridagi “S 8” klassida 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha Azizbek Boynazarovga teng keladigan raqib topilmadi. U O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, para yengil atletika bo‘yicha sportchilar ishtiroki davom etmoqda.
LiveBarchasi