Paralimpiada-2024: Umumjamoa hisobida O‘zbekistonning o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

Sport

image

Parij shahri mezbonlik qilayotgan XVII Paralimpiada o‘yinlari yakunlanishiga ikki kun qolganda O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egallab turibdi. Garchi o‘zbekistonlik paraatletlar delegatsiya hisobiga 2 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ygan bo‘lsa ham, bu medallar O‘zbekistonning reytingda o‘z o‘rnini yaxshilashi uchun yetarli bo‘lmadi.

2 ta oltin medal evaziga O‘zbekiston vakillari Ispaniyani quvib o‘tdi, biroq Yaponiya vakillari ham 5 sentyabr kungi dasturda yaxshi natija qayd etib, 11-o‘ringa joylashdi. O‘zbekiston hisobida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza jami 17 ta medal bo‘lsa, Yaponiya hisobida 8 ta oltin, 8 ta kumush va 12 ta bronza, jami 28 ta medal bor.

Kuchli o‘ntalikni yakunlab turgan germaniyalik parasportchilar esa 9 ta oltin, 9 ta kumush va 15 ta bronza, jami 33 ta medalni jamg‘arishga ulgurdi. Reytingda O‘zbekistonning eng yaqin ta’qibchisi Ispaniya bo‘lib turibdi. Ispanlar jami 36 ta medal bilan 13-o‘rinda bormoqda. Faqatgina 1 ta oltin medalning kamligiga ispanlar O‘zbekistondan bir pog‘ona pastda qayd etilgan.

Kuchli uchlikdan Xitoy, Britaniya va AQSH vakillari o‘rin olgan. Paralimpiada 8 sentyabr kuni yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing