Paralimpiada-2024: Ortda qolgan yetti kundan so‘ng O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Sport

image

Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiada o‘yinlarining 7-kunidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egallab turibdi.

6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqqan o‘zbekistonlik paraatletlarning eng yaqin ta’qibchisi ispaniyalik parasportchilar hisobida  5 ta oltin, 7 kumush va 13 ta bronza medali mavjud.

Xitoy delegatsiyasi muddatidan avval umumjamoa hisobida 1-o‘rinni kafolatlab ulgurdi. Chin yurti vakillari yetti kun ichida 53 ta oltin, 40 ta kumush va 22 ta bronza, jami 115 ta medal jamg‘ardi. Xitoyliklarning eng yaqin ta’qibchisi britaniyalik parasportchilar hisoblanadi. Inglizlar shu vaqtga qadar 30 ta oltin, 18 ta kumush va 13 ta bronza, jami 61 ta medal jamg‘arishga ulgurdi. Kuchli uchlikka 53 ta medal bilan Amerika vakillari yakun yasab berdi.

Ma’lumot uchun, Paralimpiada bahslari 8 sentyabrga qadar davom etadi. Hozirga qadar 67 ta mamlakat vakillarigina medal qo‘lga kiritishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing