Pandemiyadan xavfliroq: Sirdaryoda Lacetti’ga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, qurbonlar bor

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatida Lacetti avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 1 iyun  kunisoat 03:40 da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Zafar” qishlog‘ida yashovchi fuqaroning boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Yangi Davr” MFY hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomashinaga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olib Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarining portlashi so‘nggi vaqtlarda ko‘p kuzatilmoqda. Ulardagi qurbonlar sonining ortib borayotgani ham ushbu tizim reformatsiyaga muhtoj ekanini ko‘rsatmoqda.

Xususan, avvalroq Farg‘onaQashqadaryo (aka-ukalar vafot etgan) va Jizzaxda avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlar portlab, insonlar hayotiga jiddiy zarar yetkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

736

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing