Pandemiyadan keyin normal hayotga qaytish muddati aytildi 

Olam

image

Koronavirus pandemiyasidan keyin “bir yil ichida” normal hayotga qaytish mumkin. Bu haqda Pfizer koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari Albert Burla ta’kidlagan.  

“O‘ylaymanki, biz normal hayotga qaytishimiz mumkin. Virusning yangi variantlari paydo bo‘lmaydi, deb o‘ylamayman. Shuningdek, emlashlarsiz normal hayot kechira olamiz, deb ham o‘ylamayman. Bizda ta’siri kamida bir yil davom etuvchi vaksinalar bo‘ladi. Katta ehtimol bilan biz har yili emlanamiz”, degan Burla. 

Shuningdek, u kompaniyaning yaqinda 5-11 yoshli bolalar bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqot ma’lumotlarini Amerika regulyatorlariga topshirishga va’da bergan. 

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, tadqiqotlar ushbu yosh toifasidagilar uchun vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing