Pandemiyada inqirozga kirgan davlatlar e’lon qilindi. Ular orasida O‘zbekiston bormi?
Olam
−
24 iyul 2021
14188Pandemiya davrida iqtisodiy tomondan og‘ir ahvolga tushib qolgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ularning ichida Markaziy Osiyo davlatlaridan faqatgina Qozog‘iston bor.
Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi pandemiya davrida iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda Xitoy, Rossiya va AQSH yo‘q. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Moody’s agentligi tomonidan tuzilgan ro‘yxatdagi davlatlar pandemiya davrida qarz, ijtimoiy tanglik, shuningdek, qashshoqlik kabi muammolarga duch kelgan. Asosiy daromadi turizmdan bo‘lgan davlatlar juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Biroq ba’zi bir davlatlar minimal zarar bilan inqirozdan chiqib keta oladi.
Ro‘yxatdagi davlatlar pandemiyadan so‘ng o‘zini tiklashi, “yaralarini bitishi”, milliy iqtisodiyotning tiklanishi, mehnat va tovar bozorlarining pandemiya sharoitiga moslashishi, shuningdek, mamlakatda emlash jarayonining sur’atiga bog‘liq.
Agentlik tahlilchilari Moody's ning 2020-2023 yillardagi real Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha pandemiyadan oldingi prognozi va joriy yildagi Yalpi ichki mahsulot bo‘yicha prognoziga qarab mamlakatlarni uch guruhga ajratdilar.
Unga ko‘ra:
• Yalpi ichki mahsuloti 2 va undan kam foizga zarar ko‘rgan davlatlar iqtisodiy jihatdan eng kam talafot ko‘rgan;
• YAIMdagi qisqarishi 2–8 foiz bo‘lgan davlatlar iqtisodiyoti o‘rtacha zarar ko‘rgan;
• YAIMdagi qisqarish 8 foizdan ortiq bo‘lgan davlatlar eng ko‘p zarar ko‘rgan deb hisoblangan.
Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p zararni rivojlanayotgan, ayniqsa, daromadi turizmdan bo‘lgan davlatlar ko‘rgan. Qarz miqdori yuqori bo‘lgan davlatlar pandemiyani hisobga olmagan taqdirda ham o‘zini tiklab olishi juda qiyin. Shunday davlatlar ro‘yxatiga Shri-Lanka, Surinam, Laos, Hindiston, Tunis va Peru kiritilgan.
Xabarga ko‘ra, faqatgina kichik bir guruh davlatlar jiddiy iqtisodiy inqirozlarlarga uchramagan, shuningdek, YAIMdagi inqiroz prognozi pandemiyagacha bo‘lgan prognozlardan biroz past bo‘ladi. Ushbu ro‘yxatga iqtisodiyoti rivojlangan AQSH, Xitoy va Rossiyani kiritish mumkin. Sanab o‘tilgan davlatlarda aholini emlash yuqori darajada bo‘lib, fiskal imtiyozlar esa iqtisodiyotni tezroq tiklashga yordam beradi.
Moody’s agentligiga ko‘ra, Xitoy, Janabuy Koreya va Singapurda pandemiya boshlanishi bilan kattiq karantin choralari ko‘rilgani uchun ular iqtisodiy jihatdan inqirozga uchramagan.
Ma’lumot o‘rnida, pandemiya davrida iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan davlatlar ro‘yxatiga Markaziy Osiyo davlatlaridan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston kiritilmagan faqatgina Qozog‘iston bor.
LiveBarchasi