Pandemiya yillari Prezidentlarning o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Tahlil
−
26 iyul 2021
88822020 yil boshidan 2021 yilning iyul oyigacha dunyo bo‘ylab 8 davlat rahbari vafot etdi va bu ko‘rsatkich XXI asrdagi davlat rahbarlarining rekord darajadagi o‘limi hisoblanadi. Qizig‘i, 2020-2021 yillarda dunyo rahbarlari o‘limining barchasi uchinchi dunyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan. RBK nashri pandemiya davrida vafot etgan davlat rahbarlari haqida ma’lumot berdi.
Maqolada keltirilishicha, vafot etgan Prezidentlardan so‘nggisi yaqinda Gaiti Prezidenti Jovenel Moizning o‘ldirilishi bo‘lgan. Davlat rahbariga 7 iyulga o‘tar kechasi o‘z qarorgohida suiqasd uyushtirilgan va oqibatda u vafot etgan, rafiqasi esa jarohat olgan.
Joriy yil aprel oyida Afrikada joylashgan Chad davlatining Prezidenti Idriss Debi isyonchilar bilan jangda olgan jarohatlari tufayli bu dunyoni tark etdi. U 1990 yildan beri davlatni boshqarib kelardi.
Shuningdek, Afrikadagi yana ikki davlatning yetakchilari Tanzaniya Prezidenti Jon Pombe Jozef Magufuli va Burundi Prezidenti Per Nkurunziza ham pandemiya davrida vafot etdi. Ommaviy axborot vositalarida har ikki yetakchi ham koronavirusdan vafot etgani keltirilgan. Marhum Magufuli Tanzaniyada karantin talablarini joriy etishni rad etgan, niqob taqishga qarshi chiqib, pandemiya ustidan g‘alaba qozonish uchun aholidan ibodat qilishni iltimos qilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nkurunziza 2020 yil iyun oyida yurak xurujidan vafot etgan.
Bahrayn Bosh vaziri Xalifa bin Salmon al-Xalifa (2020 yil noyabr) va Janubiy Afrikadagi Esvatini davlatining Bosh vaziri Mandvulo Ambrose Dlamini (2020 yil dekabr) ham kasallik qurboniga aylangan.
Bundan tashqari, G‘arbiy Afrikadagi mamlakat Kot d’Ivuarning birdaniga ikki Bosh vaziri ham shu vaqt oralig‘ida vafot etgan. Jumladan, 2020 yil iyulda Amadu Gon Kulibali Vazirlar Kengashi yig‘ilishidan keyin o‘zini yomon his qilgan va bu dunyoni tark etgan. 2020 yil mart oyida esa Amed Bakayoko vafot etgan, uning o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan.
2021 yil siyosatchilarga qarshi uyushtirilgan suiqasdlar
20 iyul kuni Mali muvaqqat Prezidenti, polkovnik Assimi Gaitu hayotiga suiqasd qilindi. Unga shtat poytaxti Bamako masjidida qurollangan ikki kishi tomonidan hujum qilingan, ammo, bu qotillar uchun omadsiz yakun topgan.
26 iyun kuni Kolumbiya Prezidenti Ivan Dyukni olib ketayotgan vertolyot Janubiy Amerika respublikasining sharqiy qismi ustidan uchib o‘tayotganda noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi. Otishma natijasida Prezident vertolyotiga oltita o‘q tekkan, lekin hech kim jabrlanmagan.
May oyida Maldiv orollarining sobiq prezidenti, Xalq Majlisi parlamenti spikeri Muhammad Noshidning hayotiga suiqasd uyushtirildi. Suiqasd oqibatida Muhammad Noshid bir-nechta jiddiy jarohat olib, Maledagi shifoxonada operatsiyani boshdan kechirib, hozir Germaniyada davolanishni davom ettiryapti.
29 may kuni Uganda Transport vaziri, mamlakat armiyasining sobiq yuqori martabali ofitseri Katoomba Vamalaning mashinasi o‘qqa tutildi. Mashinada bo‘lgan siyosatchining qizi va uning haydovchisi o‘lgan. Vamalaning o‘zi esa tirik, ammo, jiddiy jarohat olgan.
22 iyul kuni Madagaskar Prezidenti Andri Radzuyelinaga tayyorlangan suiqasdning oldi olingani haqida xabar berildi va tergov doirasida ikki kishi hibsga olindi.
Ma’lumot o‘rnida, 2003-2004 yilda yettita, 2018–2019 yilda beshta, 2016–2017 yilda to‘rtta davlat rahbari vafot etgan.
LiveBarchasi