Pandemiya tugaguncha kuting – Xitoy JSSTga virus kelib chiqishini o‘rganishni ortga surishi kerakligini aytdi

Salomatlik

image
Pompeo ham koronavirus Uxan laboratoriyasidan chiqqanini ma’lum qildi north_east

Pompeo ham koronavirus Uxan laboratoriyasidan chiqqanini ma’lum qildi

Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan koronavirusning kelib chiqishi manbalarini ommaviy tekshiruv o‘tkazishni ma’qullamoqda. Ammo bu ishni pandemiya tugaganidan keyin o‘tkazilishi kerak. Bu haqda bugun, 8 may kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chun ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, vazirlik vakili tergov “ochiq va oshkora“ ekanini va uni JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus boshqarishi kerakligini aytdi. Shu bilan birga, Chun tergov “pandemiya tugaganidan keyin tegishli vaqtda“ o‘tkazilishi va JSST rahbariyatining roziligini olishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, Xitoyning Jenevadagi BMT vakolatxonasidagi elchisi Chen Xu, XXR ma’murlari virusning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyga xalqaro ekspertlarni yuborishdan ko‘ra, koronavirus pandemiyasini yengib o‘tishni muhim deb hisoblaganini aytgandi.

OAV, bir qator davlatlar, shu jumladan Britaniya, Fransiya va Germaniya Federativ Respublikasi Xitoyni koronavirusga qarshi qanday kurashganligi haqida ko‘proq ma’lumot berishga chaqirdi. Bu orada AQSH va Avstraliya pandemiya manbalarini tekshirishni yoqlashdi.

Aprel oyida Qo‘shma Shtatlar koronavirus qayerdan kelib chiqqanligi va nima uchun XXR uning tarqalishini tezda to‘xtata olmagani to‘g‘risida to‘liq miqyosli tekshiruv o‘tkazgani haqida xabar berildi. Ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan bitta versiyaga ko‘ra, rasmiy Vashington virus Uxandagi ilmiy laboratoriyadan kelib chiqqanini istisno qilmaydi.

Uxan mahalliy virusologiya instituti COVID-19 pandemiyasining manbayi degan har qanday fikrni rad etadi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Koronavirus kelib chiqishi

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing