Pandemiya Rossiya iqtisodiga “qanchaga tushishi” prognoz qilindi
Olam
−
16 aprel 2020
5753Koronavirus pandemiyasi Rossiya iqtisodiyoti tarmoqlariga yetkazadigan zarar qariyb 18 trln. rublni tashkil qilishi mumkin. Bu haqda Milliy reying agentligi (MRA) xabar bermoqda.
Prognozga ko‘ra, umumiy zarar 17,9 trln rublni tashkil qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, mehnat bozorida 15,5 mln odam ishsiz qoladi. NRA tahlilchilarining ta’kidlashicha, inqiroz xizmat ko‘rsatish sohasida eng og‘ir kechadi.
Ta’kidlanishicha, ushbu prognoz YAIM va real ish haqi AQSH dollarining 85-90 rublgacha o‘sishi bilan taxminan 3 foizga pasayishi ssenariyiga asoslangan.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, hukumat inqirozni bartaraf etish uchun iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi, qo‘shimcha choralar ko‘radi. Buning natijasida zarar miqdori kamayishi mumkin. “Tahlilchilar vaziyatning pessimistik ssenariysini iqtisodiyot dinamikasining pasayishini ta’minlaydigan vaziyatda ko‘rmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
LiveBarchasi