Pandemiya davrida O‘zbekiston xorijdan necha mln dollarlik beg‘araz yordam olgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
15 mart 2021
14519O‘zbekiston pandemiya davrida xorijiy davlatlardan jami 19 million dollarlik beg‘araz yordamni qabul qilib olgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi konsullik huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i Burhon Aliqulov QALAMPIR.UZ uyushtirgan “Corona marafoni” doirasida bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bilamizki, koronavirus pandemiyasi faqatgina O‘zbekistonning emas, balki butun dunyo mamlakatlarining eng katta muammosiga aylandi. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan yordam qo‘lini cho‘zganlar bo‘ldi, shuningdek O‘zbekiston ham o‘z navbatida imkon qadar qo‘shni va xorijiy davlatlarga yordamini amalga oshirdi. Yana bir ma’lumotni aytib o‘tishim kerakki, masalan pandemiya davrida mamlakatimizga 19 million AQSH dollar miqdoridagi xorijiy davlatlardan taqdim etilgan insonparvarlik yordami beg‘araz shaklda berildi”, deydi u.
Aliqulovga ko‘ra, O‘zbekistonga Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy va Rossiyadan yetakchi tibbiyot soxasidagi mutaxasislar koronavirusga qarshi kurash uchun bevosita jalb qilingan.
LiveBarchasi