Pandemiya davrida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ko‘paygan – BMT 

Olam

image
0:00
0:00
download

COVID-19 pandemiyasi sabab ko‘plab cheklovlar joriy qilingani soyali pandemiya, ya’ni ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni kuchayishiga olib kelgan, deya xulosa qilmoqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti.

BMTga ko‘ra, ishsizlik, iqtisodiy beqarorlik va stress oilada keskinlik hamda ruhiy iztirobning kuchayishiga olib kelgan. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarda inqiroz zo‘ravonlik qurbonlarining huquq-tartibot organlariga kirishiga, psixologik xizmatlardan va tibbiy yordamlardan foydalanishini to‘xtatib qo‘ygan.

“Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik bizning zamonamizning global inqirozi bo‘lib, boshqa inqirozlar fonida og‘ir oqibatlarga olib keladi. Mojarolar, iqlim bilan bog‘liq tabiiy ofatlar, oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmasligi hamda inson huquqlarining buzilishi ayollar va qizlarning hatto o‘z uylarida, mahallalarida yoki jamoalarida ham ishonchsizlikda yashashiga olib keladi”, deydi BMTning Ayollar ishlari bo‘yicha ijrochi direktori Sima Baxus.

Uning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 pandemiyasi sababli ko‘plab cheklovlar joriy qilingani soyali pandemmiya ya’ni ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni kuchayishiga olib kelgan.

“Biz to‘plagan yangi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun zudlik bilan birgalikda harakat qilish kerak”, deydi Sima Baxus.

Qayd etilishicha, har to‘rt ayoldan biri pandemiya paytida uyda o‘zini avvalgidan ko‘ra xavf ostida ekanini his qilgan. Buning asosiy sabablari yaqin sheriklar tomonidan jinsiy va jismoniy yoki boshqa oila a’zolari tomonidan ularga nisbatan zo‘ravonlik qilinishidir.

Uydan tashqarida ayollar ham xavf ostida: so‘rovda qatnashganlarning 40 foizi pandemiya boshlanganidan keyin yolg‘iz yurganda o‘zlarini xavf ostida ekanlarini his qilishlarini aytgan. Taxminan 5 nafar ayoldan 3 nafari jamoat joylarida jinsiy zo‘ravonlik holatlari ko‘payganini qayd etgan.

 

Ma’lumot uchun, 25 noyabr – “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” kuni.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya zo'ravonlik

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing