Palov indeksi: Eng arzon osh qayerda sotiladi?
Jamiyat
−
02 noyabr 2023
7298Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni esa Namangan viloyatida sotilmoqda.
Ularning narxi o‘rtasidagi farq qariyb o‘n ming so‘mni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 23 000 so‘m
- Andijon viloyati – 23 600 so‘m
- Buxoro viloyati – 28 200 so‘m
- Jizzax viloyati – 24 200 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 25 800 so‘m
- Navoiy viloyati – 22 400 so‘m
- Namangan viloyati – 19 800 so‘m
- Samarqand viloyati – 27 000 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 25 000 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 24 200 so‘m
- Toshkent viloyati – 23 500 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 21 300 so‘m
- Xorazm viloyati – 24 800 so‘m
- Toshkent shahrida esa o‘rtacha 29 000 so‘mni tashkil etgan.
"Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan", deyiladi agentlikning izohida.
LiveBarchasi