Paxtamiz o‘zi oq edi, lekin “qora” bo‘lib yurdi – Mirziyoyev 12 yillik boykot tugagani haqida

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 10 mart kuni “Cotton Campaign” koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga 2009 yilda joriy etilgan boykotni bekor qildi. Bu tarixiy voqea bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida o‘zbek paxtasiga boykot bekor qilingani munosabat bildirdi. Bu haqda "Menimcha" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida so‘z bordi.

“Necha yillardan beri manffat ko‘rmadik. Paxtamiz o‘zi oq edi, lekin “qora” bo‘lib yurdi. Go‘yoki o‘zidan o‘zi bo‘ldi deb o‘ylashadi, ammo qancha qiynaldik. Siyosiy iroda bo‘lmaganda, bular bo‘larmidi? Bu kurash. Kecha televizorda ko‘rsatyapti, tushungan odam, qadriga yetgan odam yig‘ladi, xursand bo‘lib. Bu millatimizning qiymati”, degan Prezident Mirziyoyev.

Qayd etish kerakki, “Cotton Campaign” koalitsiyasi 2021 yilg paxta terimi mavsumida tizimli majburiy mehnat va bolalar mehnatining oldi olingani sababli boykotni bekor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev paxta

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing