Paxta maydonlarini nasos bilan sug‘orishda xarajatlarning 50 foizi qoplab beriladi
Jamiyat
−
23 yanvar 2023
5637Paxta maydonlarini nasos bilan sug‘orish uchun ketgan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida paxta yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ipakchilik sanoatida 3 trillion so‘mlikdan ziyod mahsulot tayyorlanib, qariyb 110 million dollarlik eksport qilinmoqda. Lekin bu tarmoqda salohiyat yanada kattaligi uchun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga bu yil 26 ming tonna pilla, 1,3 million dona qorako‘l terisi va 40 ming tonna jun ishlab chiqarish vazifasi qo‘yilgan.
“300 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatish, 200 ming gektar yerni lazerli tekislash rejalashtirilgan. 100 ming gektar ekin yerlarini taqsimlab, 2 milliondan ziyod aholining bandligini ta’minlash ham muhim vazifalardan. Bu asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bo‘lib, bozorlarda narx-navo barqaror bo‘lishida ham ahamiyatga ega”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi