Ozon tuynugi Braziliya hududidan uch marta kattaroqqa kengaydi (video)
Bu qiziq
−
06 Oktabr 2023
16712Antarktida ustidagi ozon teshigi rekord darajada kengaydi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, uning kengligi Braziliya hududidan uch baravar kattalashgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ozon tuynugi bugungi kunga kelib 26 mln kvadratga yetgan va bu maydon kengayishda davom etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu tuynuk qisqarishi ham mumkin. Olimlarning ta’kidlashicha, agar Ozon tuynugi qisqarishni boshlasa, 2060-2070 yillarga borib to‘liq yopiladi.
Ma’lumot uchun, Antarktida ustidagi ozon qatlamining buzilishi birinchi marta 1985 yilda kuzatilgan. Yigirmanchi asrda insoniyat sanoatda ozon qatlamini buzuvchi moddalardan faol foydalandi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keldi. Ushbu moddalar Monreal protokoli bilan taqiqlanganidan so‘ng, vaziyat asta-sekin yaxshilana boshladi. Ammo ozonga odamlar hali nazorat qila olmaydigan boshqa jarayonlar ham ta’sir qiladi.
LiveBarchasi