Ozodbek Nazarbekovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Olimjon Namozovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining madaniyat muassasalari va havaskorlik san’atini rivojlantirish, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Olimjon Mirzayev 1981 yil 27 sentyabrda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 2001 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2003 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. Mutaxassisligi telekommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnika va boshqaruv tizimlari mutaxassisi. 2017 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Oilali, 2 farzandning otasi.

Olimjon Mirzayev mehnat faoliyatini 2001 yilda boshlagan.

U 2014-2017 yillarda “Axborot xafvsizligini ta’minlash markazi” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” davlat muassasasi direktorning birinchi o‘rinbosari, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi qoshidagi “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari, 2019-2020 yillarda “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimjon Mirzaev

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar