Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom qo‘yib berishni taklif qildi
Jamiyat
−
23 yanvar 2021
3111O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maktabgacha ta’lim muassasalarida har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi. Endilikda ushbu taklifning amalda joriy qilinishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Ushbu loyiha Madaniyat va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshiriladi.
Madaniyat vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan.
Qayd etilishicha, bolalarni muntazam maqom kuylari bilan bahramand etish rejalashtirilgan. Bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me’yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi.
LiveBarchasi