Ozoda Nursaidovaga Vladimir Putin nomidan soat sovg‘a qilindi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Nursaidovaga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan soat sovg‘a qilindi. Bu haqda xonandaning o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali xabar qildi. 

Unga berilgan jigarrang quti ustiga Rossiya Prezidentidan deb yozilgan va Federatsiya gerbi tushirilgan. Quti ichidan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tilla soat va uning haqiqiyligini tasdiqlovchi pasport  o‘rin olgan. 

Soat siferblatiga ham Rossiya gerbi va Prezident yozuvi tushirilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu sovg‘a Rossiya Prezident nomidan taqdim etilgan va u do‘konlar sotilmaydi. Soatlar maxsus nusxalarda tayyorlanadi. 

Ma’lumot uchun, Ozoda Nursaidova joriy yilning 15 yanvar kuni Moskvadagi Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo xalqlari do‘stligi gala-konsertida ishtirok etgan. Xonanda ayni vaqtda Moskvada bo‘lib turibdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing