XDP “Milliy tiklanish” ustidan prokuraturaga ariza kiritdi
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
9342O‘zbekiston “Xalq” demokratik partiyasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ustidan prokuraturaga murojaat kiritdi.
Gap shundaki, joriy yilning "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi rasmiy nashri – “Milliy tiklanish” gazetasining 2019 yil 1 noyabrdagi 39-40 (1038)-soni 10-sahifasida “O‘zXDP a’zosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlar partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday “qarindosh”ligi bor”ligi haqida yasama suratli anons chop etildi. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqaldi.
O‘zXDP Markaziy Kengashi Maqsuda Vorisovaning sha’ni va qadr-qimmatini qonunchilikka muvofiq himoya qilishni so‘rab, tegishli tartibda Yunusobod tumani prokuraturasiga murojaat yo‘lladi.
“Ma’lumki, "Milliy tiklanish" partiyasi markaziy apparati rahbar xodimlari ushbu partiya milliy qadriyat va an’analarni yuksak darajada qadrlashi va himoya qilishi haqida ko‘p gapiradi. Partiyaning dasturiy hujjatlarida bu yo‘nalishda qator g‘oya va takliflar, shiorlar ilgari surib kelinadi.
Shunga qaramay, "Milliy tiklanish" partiyasi o‘z g‘oyalariga qarshi ravishda, xalqimiz yuksak darajada qadrlaydigan ayol, ona sha’nini pisand qilmayotgani bizda taassuf uyg‘otadi”, deyiladi O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bayonotida.
Bizda deputatlar bir-biriga qulluq qilib, o‘ta madaniyat va andisha bilan suhbatlasha, deb noliganlar bormidi. Agar bu piar bo‘lmasa, endi ikki partiya vakillarining bir oyog‘i huquq-tartibot organlarida bo‘lishi aniq. Ko‘ramiz, XDP Vorisova uchun qanchalik kurasha olarkin...
LiveBarchasi