Davlat tashkilotlarida ish yuritish o‘zbek tilida bo‘lishi kerak – Ikromov
Jamiyat
−
29 aprel 2020
7271Adham Ikromov davlat tashkilotlarida hujjatlashtirish ishlari davlat tilida bo‘lishi kerakligini qo‘llab-quvvatlaydi. Savdo-sanoat palatasi raisi bu haqda kecha, 29 aprel kuni OAV vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ta’kidlab o‘tdi.
“Ko‘p yil davlat idoralarida ishlab o‘zbek tilida ham, rus tilida ham so‘zlashish erkinligini ko‘rsatgan holda suhbatlashamiz. Aytish mumkinki, davlat idoralarida hujjatlashtirish xoh elektron bo‘lsin, xoh elektron bo‘lmagan ko‘rinishda bo‘lsin, albatta, davlat tilida bo‘lishi kerak.
Shuningdek, mamlakatimizda 5 foiz atrofidagi odam rus tilida so‘zlashuvchi hisoblanadi. Ular ham o‘zbekistonliklar va albatta, ularga ham erkinlik berilishi insoniylik nuqtai nazardan ham, siyosiy nuqtai nazardan ham to‘g‘ri bo‘ladi”, deydi palata raisi.
Adham Ikromov, shuningdek, aholi orasida ijtimoiy mas’uliyatga rioya etilgani haqida gapirdi.
“Karantin vaqtida har bir oila, tadbirkor, fuqaro o‘z ijtimoiy mas’uliyatini ko‘rsatdi. Tadbirkorlar haqida gapirganimizda, ular ham juda yuqori ijtimoiy mas’uliyatni namoyon etdi. Ular ham o‘zlarini izolyatsiyaga oldi, ishlarini to‘xtatdi, o‘z ishchilarini bu vaqtda ishdan haydab yubormay, moddiy ta’minlab turdi. Bu ham yuqori ijtimoiy mas’uliyat”, dedi Ikromov.
LiveBarchasi