“InFinBank” kredit shartnomalarini xato tuzgan. Bank jarimaga tortildi

Jamiyat

image

“InFinBank”da ko‘plab fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlar asosida tkshiruv o‘tkazilib, bank jarimaga tortildi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar bermoqda

Markaziy bank tomonidan kelib tushgan murojaat asosida ATB “InFinBank”da iste’mol kreditlarini ajratish tartib-tamoyillari bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanchalik javob berishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida banklarda bir qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan,
kredit shartnomalari bankning kredit bo‘yicha foiz stavkasini bir tomonlama o‘zgartirish huquqi bilan tuzilgan;

kredit shartnomalarida iste’mol kreditining to‘lovi uchun pul mablag‘lari ko‘chirilgunga qadar davrda qarz oluvchilarning biron-bir to‘lovlarsiz kredit olishdan voz kechish huquqi belgilanmagan;

ayrim qarz oluvchilarga imzolangan shartnomalarning nusxalari berilmagan.

Shunga ko‘ra, ATB “InFinBank”ga iste’molchilarning huquqlarini tiklash, shu jumladan, kredit shartnomalari shartlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ko‘rsatma yuborildi.

Bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun ATB “InFinBank”ka nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq jarima sanksiyalari qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

InFinBank

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar