Gidroksixloroxinning koronavirusga qarshi foydasi isbotlanmagan – AQSH bosh infeksionisti

Olam

AQSHning bosh infeksionisti Entoni Fauchi gidroksixloroxin preparatining koronavirusni davolashda samarali ekanini rad qildi. Bu haqda u 31 iyul kuni Kongressning Vakillar palatasida koronavirus inqirozi bo‘yicha tuzilgan komissiya oldida hisobot berganda aytib o‘tdi.

Entoni Fauchi Genrix Ford gospitali tomonidan o‘tkazilgan va gidroksixloroxinning koronavirusni davolashda samarali ekanini ko‘rsatgan tadqiqotni tan olmasligini ma’lum qildi.

“Genrix Ford nomidagi shifoxonada qilingan tadqiqot bir qator muammolarga asoslangan bo‘lib, gidroksixloroxin bilan davolangan bemorlarning ko‘pchiligi kortikosteroidlarni ham qabul qilganini tavsifladi. Biz boshqa bir tadqiqotdan ularni progressiv kasalliklarda, o‘lim darajasini kamaytirishda yordam berishini bilamiz”, dedi Fauchi.

Olimning fikricha, bu tadqiqot yuzaki qilingan. Uni sinchkovlik bilan o‘rgangan har kishi bu randomizatsiyalangan (tasodifiy), platsebo-nazorat ostida o‘tkazilgan tadqiqot emasligini tushunadi. Bu o‘z o‘rnida ekspertlar tahlil bo‘lgani muhim emas.

“Siz ham yomon tadqiqotni ekspertlar bilan ko‘rib chiqishingiz mumkin. Gap shundaki, biron bir narsaning samaradorligini aniqlash uchun “oltin standarti” bo‘lgan tasodifiy tanlangan Platsebo-nazorat ostida o‘tkazilgan tadqiqotlarning hech biri gidroksixloroxinning samaradorligini ko‘rsatmagan. Shuni aytib o‘tish kerakki, men tadqiqotning erta, o‘rta yoki kech bosqichlarda gidroksixloroxinning har qanday jihatini hisobga oladigan tadqiqotni ko‘rganimda, agar u samarali bo‘lsa, men uni birinchi bo‘lib tan olaman va uni targ‘i qilaman. Ammo men bunday tadqiqotni ko‘rmadim va aslida hozirgi kungacha har bir randomizatsiyalangan, platsebo-nazorat ostida o‘tkazilgan natija bermadi”, dedi Fauchi.

Ma’lumot uchun, Entoni Fauchi – AQSH Allergik va infeksion kasalliklar milliy instituti direktori, Oq uydagi koronavirusga qarshi kurash ishchi guruhi a’zosi. 79 yoshli mutaxassis pandemiyaga davrida dunyoning eng yetakchi ekspertlaridan biri sifatida nom qozongan. Pandemiya boshida Fauchi AQSHdagi eng ishonchli tibbiyot olimi sifatida e’tirof etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gidroksixloroxin

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing