DXX va IIB Parkentda qalbaki kupyuralar ishlab chiqarayotgan fuqarolarni qo‘lga oldi
Jamiyat
−
09 dekabr 2019
6727Parkentda qalbaki kupyuralarni ishlab chiqarayotgan yashirin “sex” faoliyati fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Parkent tuman bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar N.N. va P.Y.lar oldindan til biriktirib, vaqtincha yashab kelayotgan Parkent tumani, Xisarak qishlog‘idagi xonadonida rangli printer yordamida 50 000 va 100 000 so‘mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlab kelayotganliklari aniqlangan.
Tadbir yakunida, ushbu xonadondan 116 dona 50 000 va 34 dona 100 000 so‘mlik qalbaki kupyuralar, 94 dona 50 000 va 100 000 so‘mlik kupyuralarning tasviri tushirilgan A-4 hajmli qog‘ozlar hamda ularni ishlab chiqarishda foydalanilgan “EPSON” rusumli rangli printer, bo‘yoqlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan N.N. va P.Y.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi