O‘zbekistonda suv omborlariga aloqador yangi qaror qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekistondagi barcha suv omborlari, yirik suv havzalari va gidroelektr stansiyalarda suv zaxiralarini ushlab turuvchi to‘g‘onlar va devorlarning eroziyasi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlash to‘g‘risida” qarori muhokama uchun joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Energetika vazirligi va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda joriy yil 1 oktyabrga qadar geodezik o‘lchovlar, zamonaviy kosmik suratlar hamda ular yordamida tayyorlangan yerning raqamli balandlik ma’lumotlaridan foydalangan holda respublikadagi barcha suv omborlari, yirik suv havzalari, gidroelektr stansiyalarida va boshqa suv toshqini kelib chiqishi mumkin bo‘lgan suv ob’ektlarining suv sig‘imidan kelib chiqqan holda olinadigan hisobiy radiusdagi relefli xaritasini ishlab chiqadi va tegishli idoralarning hududiy boshqarmalariga taqdim etilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 15 noyabrga qadar katta sig‘imli suv ob’ektlarida to‘g‘onlar va devorlarning eroziyasi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar natijasida o‘pirib chiqadigan suv oqimining yo‘nalishi va shunga mos ravishda suv ostida qoladigan yer maydonlarining kompyuter modulini ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zbekgidroenergo” AJ ikki oy muddatda suv omborlaridagi to‘g‘onlarni va yirik gidrotexnik inshootlarni mustahkamligi va turg‘unligi to‘g‘risida prognozlarni ishlab chiqish va aniqlash uchun davriy ravishda yuqori aniqlikdagi geodezik va geologik kuzatishlar olib borish Rejasini ishlab chiqadi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan Suv omborlari, yirik suv havzalari va gidroelektr stansiyalarida suv zahiralarini ushlab turuvchi to‘g‘onlar va devorlarning eroziyasi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita” tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

suv ombori

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing