Qirg‘iziston terayotgan “meva”larni terib olgan bo‘lardik – Lukashenko karantin nimaga olib kelishini aytdi

Olam

image

Belarusda izolyatsiya rejimi joriy etilmaydi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko aytgan.

"Bugun koronavirus bilan bog‘liq vaziyat rivojlanib borayotgan bo‘lsa ham, mamlakatda izolyatsiya rejimi joriy etilmaydi va mamlakat yopib qo‘yilmaydi. Agar shunday qilganimda biz mart, fevral yoki aprel oyida Qirg‘iziston bugun terayotgan" meva"larni terib olgan bo‘lardik", dedi Lukashenko Minskdagi yig‘ilishda.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, izolyatsiya joriy etilganda, odamlar ishsiz qolishardi va eng kam ish haqiga ham ega bo‘lishmasdi. Mamlakat iqtisodiyoti ham qulab tushishi mumkin edi. 

Ma’lumot uchun, Belarusda koronavirus pandemiyasi fonida hech qanday karantin, komendantlik soati joriy qilinmagan. Odamlarning harakatlanishiga hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan. Respublikada chegaralar yopilmagan. 

Ayni paytda fuqarolarga ijtimoiy masofa saqlashni kuchaytirish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va jamoat joylarida niqob taqish tavsiya etilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon 81 ming 505 kishi koronavirusga chalingan. 874 kishi vafot etgan. 

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 36 milliondan oshgan. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

459

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing