O‘zbekiston vakili Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
Sport
−
26 noyabr 2019
4404Shu kunlarda Toshkentda taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlari va jang san’ati prezidenti, professor Jianni Saritsu ham ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
"Musobaqalar yakunida janob Jianni O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanovning Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylanganini e’lon qildi.
Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbog‘ 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirgan.
Shuningdek, G‘afurjon Abduvaliyev O‘zbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
LiveBarchasi