Toshkent dorixonalarida tibbiy niqoblar narxi nega oshib ketdi?
Jamiyat
−
06 fevral 2020
8742Xitoyda paydo bo‘lgan koronavirusning qo‘rqinchi butun dunyoga yoyilib bo‘ldi. Ayniqsa, tibbiy niqoblarga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi. Shu sabab ularning narxi ko‘tarildi. O‘zbekistonda bu borada vaziyat qanday? Jurnalistlar poytaxt dorixonalaridagi holat bilan qiziqishdi.
“Aksari xaridorlar niqoblarni donalab emas, balki qutilab olmoqda. Ularga bo‘lgan talab sezilarli ravishda oshdi”, deydi dorixonachilardan biri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy niqoblarning narxi ham o‘zgargan. Dorixonalarni kuzata turib, quyidagi holatlar aniqlangan. Ya’ni, markaziy tumanlar va asosiy ko‘chalarga yaqinroq dorixonalarda tibbiy niqoblarning narxi yuqori yoki mahsulotning o‘zi yo‘q. Uch kun oldin 1000 so‘m bo‘lgan tibbiy niqob allaqachon 1500 - 2000 so‘mga sotilmoqda.
Kuzatuvlar natijasida ayon bo‘ldiki, ayrim dorixonalarda niqoblar oddiy dokalarda tikilgan va bitta o‘ramga joylashtirilgan.
Sotuvchilar dastlab pulni olishadi, qaytim qaytarishadi va mana shu qo‘llar bilan niqoblarni olib uzatishadi. Qo‘llar virusli kasalliklarning asosiy manbalaridan biri ekanligi haqida gapirilganida, ular uni qutisiga solib qo‘yish holatlari ko‘p kuzatilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi dorixonalarda bunday tibbiy niqob kam ham, qimmat ham emas. Xaridorlarning fikriga ko‘ra, dorixona egalari vaziyatdan kelib chiqib, mo‘maygina pul qilish maqsadida ularning narxini ikki baravar oshirishgan.
LiveBarchasi