Ozarbayjonning Ukrainadagi konsulligi o‘qqa tutildi

Olam

image

Ozarbayjonning Ukrainaning Xarkov shahridagi konsulligi o‘qqa tutildi, qurbonlar yo‘q. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“6 noyabrdan 7 noyabrga o‘tar kechasi Xarkov shahridagi Ozarbayjon Respublikasining konsulligi binosi o‘qqa tutildi. Konsullik binosining eshiklari va derazalariga oltita o‘q uzilgan. Xodimlardan hech kim jarohat olmadi, chunki tunda binoda hech kim yo‘q edi. Konsullikning videokameralarida ikki hujumchi qayd etilgan”, deyiladi Ozarbayjon TIV xabarida.

Ta’kidlanishicha, Xarkov politsiyasi konsullik binosiga qilingan hujum yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

“So‘nggi paytlarda Armanistonning radikal kuchlari Ozarbayjonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga qarshi provokatsiyalar uyushtirayotganligini hisobga olsak, Xarkovdagi faxriy konsulligimizga qilingan hujum ushbu tahdidlar qatorida ko‘rib chiqilishi kerak. Biz radikal arman kuchlarining Ozarbayjon diplomatlari hamda chet eldagi mahalliy ozarbayjon hamjamiyatlari a’zolarining hayoti uchun xavfli bo‘lgan hujumlarini qat’iyan qoralaymiz”, deyilida xabarda.

Shuningdek, Ozarbayjon tomoni mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan aybdorlarni jazolashda hamkorlik qilishi ma’lum qilingan.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing